Universitet haqida
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti 2022-yilda Toshkent viloyati Chirchiq shahrida tashkil etilgan. Litsenziya raqami L-4409374.
Institutda iqtisodiyot, kompyuter injiniring, ona tili va adabiyot, xorijiy til va adabiyot, pedagogika va psixologiya, boshlang'ich ta'lim,
maktabgacha ta'lim, tarix, jismoniy madaniyat fakultetlari va ular tarkibida 9 ta yo‘nalish mavjud.
Ilmiy dargohda yangi tadqiqotlarni e’lon qilish uchun ham imkoniyatlar berilgan. Xususan, "Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti ilmiy-metodik
jurnali" OAK ro‘yxatiga kiritilgan. Iqtidorli talabalar faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yutuqlarini yanada ommalashtirish maqsadida
“Uyg’onish” talabalar gazetasi tashkil qilingan.
Institutda tajribali professor-o‘qituvchilar dars beradi. Bu yerda juda boy kutubxona va katta o‘quv zali mavjud. O'quv zalida o'quvchilar
darslarga tayyorgarlik ko'rishadi. O‘quv jarayonida har bir talaba kutubxonadan ma’lum muddatga kerakli o‘quv adabiyotlarini olishi mumkin. O'qish
zalidan adabiyot bilan tanishish uchun foydalanishingiz mumkin. Bu yerda tinch, yorug‘, toza havo, ish uchun qulay stollar bor. Internet bilan ishlash uchun
kompyuterlashtirilgan xonalar va boshqalar mavjud.
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti dunyoning 10 ga yaqin rivojlangan davlatlari, xususan, oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik
aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Jumladan, ayni kunlarda Rossiya, Turkiya, Qozog’iston, Chexiya, Ozarbayjon bilan hamkorlikda samarali faoliyat olib
bormoqda. Institutda ijodkor va ixtirochi talabalar uchun bir martalik rektor stipendiyasi taʼsis etilgan. Eng faol va tashabbuskor talabalarga grant ajratilgan
bo‘lib, bir yil namunali o‘qigan talaba keyingi yil kontrakt to‘lashdan ozod etiladi
